28 iyu 10:41
Yangiliklar
Dzyudo
Davlat Bobonov bronza uchun kurashni davom ettiradi
Tokio Olimpiadasining dzyudo bahslari bo'lib o'tmoqda.
Hozirgina -90 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan 24 yoshli Davlat Bobonov chorak finalda gruziyalik 21 yoshli Lasha Bekauriga qarshi kechgan bahsni yakunladi.
Afsuski, ushbu uchrashuvda yoshlar o'rtasida ikki karra jahon chempioni bo'lgan Bekauri g'alaba qozonib, yarim finalga yo'l oldi. Endi Bobonov bronza medali yo'lidagi o'tish bellashuvida Ispaniya sharafini himoya qiluvchi kelib chiqishi gruziyalik bo'lgan Nikolas SHerazadishviliga qarshi tatamiga chiqadi.
Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan taxminan 13:20 dan so'ng boshlanadi.
Malumot uchun, dzyudochilar shu yilgi JCH finalida o'zaro to'qnash kelishgandi. Unda ispan sportchisi g'alabaga erishgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
Olimpiadaga chiqish yoʻllanmasi uchun ham shulaga oʻxshagan hakamlar qoʻyilganda haqiqiy isteʼdodli sporchilarimiz qolib puli borlar bordi mana axvol