So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

28 noy 13:40
Yangiliklar

Dzyudo, Fotogalereya

Davlat Bobonov va Muzaffarbek To'raboevdan yoshlar uchun unutilmas mahorat sabog'i + FOTOREPORTAJ

Jizzax shahri mezbonligida o'tgan dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati doirasida bolalar uchun unutilmas tadbir tashkil etildi.

Tokio-2020 va Parij-2024 Olimpiya o'yinlarining sovrindorlari, jahon chempionlari Davlat Bobonov va Muzaffarbek To'raboev jizzaxlik yosh dzyudochilar uchun aynan mamlakat chempionatida o'tgan muhtasham arenada master klass, yani mahorat saboqlarini o'tkazib berishdi. 

Tatamida sportimiz yulduzlari bilan o'tkazilgan mashg'ulot bolalarning bir umr yodida qoladigan bo'ldi. Albatta, ular o'zlari havas qilgan dzyudochilar bilan elkama-elka turib shug'ullanishdi. Katta yo'l boshida turgan yosh dzyudochilarimiz uchun bu haqiqiy bayram bo'ldi. 

Mashg'ulot yakunida dzyudo to'garagi tarbiyalanuvchilari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Bobonov va To'raboev Olimpiya shohsupasigacha bosib o'tilgan murakkab yo'l haqida so'zlab berishdi. 

Tadbir so'nggida ikki avlod vakillari esdalik uchun suratga tushishdi. Fotosessiya oldidan esa dzyudochilarga sovg'alar ulashildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing