So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

22 may 13:49
Yangiliklar

Boks/MMA

Davron Fayziev Madrimov - Krouford jangi favoriti haqida gapirdi

Xabaringiz bor, 3 avgust kuni AQSHning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tadi.

Oqshomning markaziy jangida hamyurtimiz superyarim o'rta vazn toifasida WBA chempioni Isroil Madrimov P4P reytingi etakchilaridan amerikalik Terens Kroufordga qarshi ringga ko'tariladi. Taniqli sharhlovchi Davron Fayziev bo'lajak jang haqida shunday fikr bildirdi.

"Isroil Madrimov juda yaxshi havaskor boks maktabini bosib o'tdi. Prof boksga kirib kelganiga hali ko'p bo'lmadi, lekin etarlicha qiyinchiliklarni ko'rishga ulgurdi. Jarohatlar, kuchli raqiblarga qarshi janglar. Bu holatlarda u o'zining ruhiyatini ko'rsata oldi. SHaxsan men Madrimovga ishonyapman. Krouforddek nomdor bokschiga qarshi jang o'tkazishga hali erta emasmidi? Menimcha, hozir ayni payti. Jarohatidan to'liq forig' bo'ldi. O'zining yaxshi sport formasiga kirib oldi. Terensdan yosh, bu ham muhim jihatlardan biri. O'ziga yarasha plyuslarimiz ko'p. Tezlik va jismoniy tomonlama ustunlik Krouford tomonda. Terensning birgina ustunligi uning yillar davomida to'plagan boy tajribasida bo'lishi mumkin. U katta janglarni ko'rgan, balki shu tomondan jangda biroz ustunlikka ega bo'lar. Ammo umumiy qilib olganda baribir Isroil Madrimovda plyuslar ko'proq ko'rinyapti. Magomed Kurbanovga qarshi kechgan chempionlik jangi Isroilni ulg'ayganini ko'rsatdi. Bu jang hamyurtimizga jahon boksida superyulduz bo'lib olish uchun xizmat qiladi. Buni uning o'zi ham tushunib turibdi", - dedi Fayziev. 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing