21 avg 11:02
Yangiliklar
Boks/MMA

"Dekabrda uchrashamiz". Rossiyalik jangchi UFC chempioniga yana bir bor "vyzov" tashladi
Rossiyalik UFC jangchisi Askar Askarov o'z vaznidagi chempion Brendon Morenoga yana bir bor chaqiruv tashladi.
"Figeyredo, ko'p gapirishni bas qil. Navbatga tur. Men keyingisiman, Brendon Moreno. O'z kamaringni haqiqiy davogardan himoya qil. Dekabrda uchrashamiz", - deb yozadi Askar Askarov o'z tvitter sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Askar Askarov o'zining so'nggi jangini UFC 259 doirasida 7 mart kuni o'tkazgandi. O'shanda u Jozef Benavidesni ochkolar hisobiga mag'lub etgandi. Brendon Moreno esa shu yilning iyun oyida Deyvison Figeyredoni mag'lub qilib UFC kamarini qo'lga kiritgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar