22 noy 15:34
Yangiliklar
Boks/MMA
Bir paytlar UFC chempioni bo'lishi taxmin qilingan Askar Askarov ACA ligasida o'zining debyut jangini o'tkazadi
24 noyabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida MMA bo'yicha ACA 166 musobaqasi o'tkaziladi.
Turnirda o'ta engil vazn toifasida rossiyalik UFC sobiq jangchisi Askar Askarov (14-1-1) ham jang qiladi. 31 yoshli Askarov 24 noyabr kuni braziliyalik Alan Gomes (15-4-1) bilan to'qnash keladi.
Jang asosiy kard doirasida 3 raund etib belgilangan.
Eslatib o'tamiz, Askar Askarov 2019-2022 yillar oralig'ida UFC'da 5 ta jang o'tkazib, ularning 3 tasida g'alaba qozongan va bitta jangda mag'lub bo'lgan. Yana bir jangi esa durang bilan yakunlangan. U oxirgi jangini 2022 yil 27 mart kuni Kay Kara-Fransga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'lgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar