12 mar 23:01
Yangiliklar
Boks/MMA
Open FC 27. SHohruh Askarov kechaning markaziy jangida muddatidan avval mag'lub bo'ldi
Rossiyada Open FC 27 musobaqasi o'z yakuniga etdi.
Rossiyaning Samara shahrida Open FC 27 musobaqasi yakunlandi.
Mazkur musobaqaning markaziy jangi ham o'z yakuniga etdi. Unda o'rta vazn toifasi vakillari — o'zbekistonlik SHohruh Askarov va Rossiya vakili Roman Gotovcev o'zaro jang qildi. 3 raundga mo'ljallangan jang 1-raunddayoq yakunlandi. Roman Gotovcev hamyurtimizni sabmishen orqali mag'lub etdi.
Bu "O'zbekistonlik Jon Jons"ning faoliyati davomidagi beshinchi mag'lubiyat bo'ldi. Gotovcev esa bugungi g'alabasi uchun tashkilotchilar tomonidan 100 ming rubl miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Musobaqaning umumiy natijalari bilan tanishing!
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar