22 sen 12:44
Yangiliklar
Dzyudo
Dekabrga mo'ljallangan Tokio "Katta Dubulg'a" turniri o'tkazilmaydi
Qish faslida koronavirus infekciyaning yanada avj olishi mumkinligi sabab dekabr oyiga mo'ljallangan dzyudo bo'yicha Tokio "Katta Dubulg'a" turniri o'tkazilmaydi.
“Kyodo news” agentligining yozishicha, IJF prezidenti Marius Vizer Butunyapon dzyudo federaciyasi rahbari Yasuxiro Yamashita bilan suhbatlashib, shunday qarorga kelishgan. Rasmiylar suhbat chog'ida sportchilarning salomatligini saqlash masalasiga asosiy urg'u berishgan.
O'tgan oy IJF dzyudo bahslarining restartini elon qilgan va unga ko'ra Tokio "Katta Dubulg'a" turniri 11-13 dekabr kunlari bo'lib o'tishi belgilangan edi. Restartning ilk musobaqasi 23-25 oktyabr kunlari Vengriyaning Budapesht shahrida o'tadigan "Katta Dubulg'a" turniri bilan boshlanishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar