30 noy 09:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Dena Uayt: Tez kunda Xabib bilan Abu-Dabida uchrashamiz
UFC prezidenti Dena Uayt tez orada engil vazn chempioni Xabib Nurmagomedov bilan uchrashishini tasdiqladi.
Funkcionerning so'zlariga qaraganda, rossiyalik chempion bilan uchrashuv va muzokara BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida bo'lib o'tadi.
"Biz u bilan Abu-Dabida uchrashamiz. Bu uchrashuv tez kunda bo'lib o'tadi. Ha, men Abu-Dabiga uchib boraman. Vaqti kelganida bu haqida men sizlarga malumot beraman. Nurmagomedovning 30-0 rekordi uchun qaytishiga ishonamanmi? Ha, garchi u menga bu mavzuda gapirmagan bo'lsa-da", — dedi Uayt kecha o'tkazilgan UFC Vegas 15 turniridan keyingi matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, Xabib Nurmagomedov 24 oktyabr kuni Jastin Getjini mag'lubiyatga uchratganidan so'ng faoliyatini yakunlagagini elon qilgandi.
Havola :
Fikrlar