So’nggi yangiliklar

17:54Испания терма жамоасида йўқотиш 0 17:33Исроил Мадримов: "Мендирман ўша!" (+ФОТО) 0 17:12Маҳмудов - Фьюри жанги Лондондаги стадионда бўлиб ўтади 0 16:51Ўзбекистон ва Франция дзюдо федерациялари ўртасидаги ҳамкорлик янги босқичга кўтарилади 0 16:30"Пахтакор" таркибига "Леганес" ва "Фрозиноне" собиқ ҳужумчиси келиб қўшилади 0 16:09Теренс Кроуфорд боксдаги энг севимли учта жангини айтди 0 15:47Терма жамоамиз Европа Кубогида иштирок этиш учун Словенияга йўл олди 0 15:26Уайт — Оқ уй турнири карди ҳақида: "Ҳар бир топ-жангчи иштирок этишни хоҳлашини очиқчасига айтди" 0 15:02"Ноттингем Форест" бош мураббий Шон Дайчни истеъфога чиқарди 0 14:40Царукян UFC’да ким уни курашда мағлуб этиши мумкинлигини айтди 0 14:14"Икки-уч йил курашни такомиллаштир ва ММА жангчиси бўл". Махачев Жошуага мурожаат қилди 0 13:38"Менга чақириқлар ёқади". Канело Биволга қарши реванш ўтказишга тайёр эканини билдирди 0 13:13"Бунёдкор" март ойида уйда ўйнамаслиги мумкин 0 12:39"Янга нима учун Двалишвили нимага керак, мен борманку" - О’Мэлли 0 12:17Асадхўжа Мўйдинхўжаев уч карра Жаҳон чемпионига айланган илк ўзбекистонлик боксчи сифатида эълон қилинди 0

15 iyu 13:49
Yangiliklar

Boks/MMA

Deniel Jeykobs faoliyatini yakunlashini elon qildi

Teglar :  Deniel Jeykobs
O'rta vazn (72,6 kg) toifasida ikki karra jahon chempioni Deniel Jeykobs (37-5, 30 KO) qo'lqoplarini mixga ilyapti.

Amerikalik 37 yoshli bokschi shu qarorga kelganini aytmoqda.  

"Faoliyatimni yakunlayotganimni elon qilaman. Hayotimni o'zgarishiga sabab bo'lgan boks sport turiga rahmatimni aytmoqchiman. Hayotimda nimaga erishgan bo'lsam, bariga boks sababchi. Boks bo'lmaganida hozirgi hayotim qanday holatda bo'lardi, ochig'i tasavvur ham qila olmayman. Boks meni inson sifatida tarbiyaladi", — dedi Jeykobs.

Deniel Jeykobs 2017 yilning iyul oyida professional boksda debyut qilgan. 2010 yilda ilk bor chempionlik kamari uchun jang o'tkazib, rossiyalik Dmitriy Pirogga nokaut bilan yutqazib qo'ygandi. 2014 yilning avgustida Jeykobs vakant bo'lib turgan WBA kamarini qo'lga kiritgan va keyinchalik uni to'rt marotaba muvaffaqiyatli himoya qilgan. 

Deniel 2017 yilning martida qozog'istonlik Gennadiy Golovkinga qarshi birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga ko'tarilgan va hakamlarning yakdil qarori bilan yutqazib qo'ygandi. 2018 yilning oktyabr oyida ukrainalik Sergey Derevyanchenkoni engib, vakant bo'lib turgan IBF kamarini qo'lga kiritgandi. 2019 yilning martida meksikalik Saul Alvaresga qarshi birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga chiqib, hakamlarning qaroriga ko'ra imkoniyatni boy bergan edi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing