02 fev 20:42
Yangiliklar
Denis Istomin: "Biz bu musobaqada o'ninchi marta kortga chiqyapmiz. SHunday ekan, hammasi joyida"
Ertaga Devis Kubogi saralash bosqichi doirasida O'zbekiston terma jamoasi AQSHga qarshi o'ynaydi. Mazkur o'yinlarda jamoani sardor sifatida Denis Istomin boshlab chiqishi malum bo'ldi. Istomin bugungi matbuot anjumanida ertangi o'yinga tayyorgarlik, shuningdek tarkibdagi yosh tennischilar haqida fikr bildirdi.
"Biz bu musobaqada o'ninchi marta kortga chiqyapmiz, shunday ekan hammasi joyida. Qanday kortda o'ynashimiz muhim emas. Yosh avlod haqida gapiradigan bo'lsam, ularda o'zlariga ozgina ishonch bo'lishi kerak. Ular hozir eng yaxshi tennischilarni engish imkoniga ega", - deydi jamoaning yangi sardori.
Ertaga ikkita yakkalik bahsi o'tkaziladi va unda Humoyun Sultonov Tommi Polga, Sergey Fomin esa Makkenzi Makdonaldga qarshi kortga chiqadi. Bahslar 13:00 da boshlanadi.
Fikrlar