So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

02 fev 19:12
Yangiliklar

Tennis

Denis Istomin: "Hali faoliyatimni yakunlaganim yo'q. AQSHga qarshi ham o'ynashim mumkin"

3-4 fevral kunlari Toshkent shahrida "Devis kubogi" uchrashuvlari o'tkaziladi.

Unda O'zbekiston terma jamoasi pley-off doirasida AQSHga qarshi o'yin o'tkazadi. Ushbu o'yin oldidan tennisimiz afsonasi Denis Istomin Olamsport.com sayti uchun qisqa intervyu berdi. 

- Denis, mazkur uchrashuvga tayyorgarlik qanday o'tdi? 

- O'yinga tayyorgarlik yaxshi bo'ldi. Ikki nafar sportchimiz Turkiyadagi bazada shug'ullandi. O'yinlarga bir hafta qolganda bu erga kelishdi va shu erda mashg'ulot o'tkazishyapti. 

Humoyun esa bir necha musobaqalarda ishtirok etdi. Quvaytdagi so'nggi musobaqada finalgacha etib bordi. Beshinchi raqamli tennischini aniqlab olish uchun kichik musobaqa tashkil etdik va unda Amir Milushev g'olib bo'ldi. U mana shunday katta musobaqani ko'rishi, katta sport havosidan nafas olishi lozim. 

- AQSHga qarshi o'yinda siz ham ishtirok etishni istarmidingiz?

- Barcha narsa bo'lishi mumkin. Men o'ynovchi sardorman. Agar vaziyat shuni taqozo etsa men ham o'yinlarda ishtirok etishim mumkin.


- Hozirgi kunda terma jamoa yigitlarida jarohatlar yo'qmi? 

- Barchasi joyida. Umid qilamizki, bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi. 

- Turda hali sizni yana ko'ramizmi?

- Hali faoliyatimni rasman yakunlaganim yo'q. Kichik tanaffus yuzaga keldi, biroz jarohatlar bor. Ammo, bu mavsumda hali yana o'ynayman.

- O'yinlar oldidan muxlislarga nima degan bo'lardingiz? 

- O'yinimizga keling, yigitlarni qo'llab-quvvatlang. Umid qilamanki, muxlislar o'yinimizga kelishadi va bizga muxlislik qilishadi. Biz birgalikda g'alaba qozonamiz. 


Aziz To'xtamurodov suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing