17 noy 13:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Deontey Uaylder: Joshua na meni va na Fyurini mag'lub eta oladi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Deontey Uaylder britaniyalik hamkasbi Entoni Joshuaning imkoniyatlarini juda past baholadi.
Amerikalik chempionning so'zlariga qaraganda, Joshua bu diviziondagi eng kuchli bokschi emas. Entoni ayni paytda IBF, WBA, WBO hamda IBO chempionlik kamarlarini o'z qo'lida saqlab turibdi.
“O'ylashimcha, Fyuri bilan jangimiz g'olibi o'zini superog'ir vazn toifasining eng kuchli bokschisi sifatida bemalol ayta oladi. Joshua? Unda buni isbotlash uchun imkoniyat bo'lgan edi. Lekin u bu chorlovni qabul qilmadi. Entoni na meni va na Tayson Fyurini mag'lub eta oladi. Men bunga aminman”, - dedi Uaylder.
Eslatib o'tamiz, 1 dekabr kuni AQSHning Los-Anjeles shahrida Deontey Uaylder va Tayson Fyuri o'rtasidagi chempionlik jangi bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar