08 fev 12:48
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/28216_220.jpg)
Deontey Uaylder: “Joshuani Amerikada hech kim tanimaydi”
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Deontey Uaylder WBA va IBF kamarlari sohibi Entoni Joshua haqida fikr bildirdi.
Amerikalik jahon chempionining so'zlariga qaraganda, Joshuani AQSHda hech kim tanimaydi va xatto uning ism-sharifni ham bilmaydi.
“Menimcha, Entoni faqat o'z mamlakati uchun boks tarixiga kirishni maqsad qilgan. Masalan, Amerikada uni hech kim tanimaydi. Xatto uning ism-sharifni ham bilishmaydi. Lekin bu fakt. Mashhur bo'lishi uchun har qanday holatda ham meni mag'lub etishi shart. Barcha yo'llar uni Amerikaga chorlayapti”, - dedi Uaylder.
Eslatib o'tamiz, Entoni Joshua yaqinda bergan
intervyusida o'z janglarini faqat Buyuk Britaniya hududidagi katta stadionlarda o'tkazish
istagida ekanligi va shu yo'l bilan katta gonorar ishlamoqchiligini aytgan edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar