10 fev 12:13
Yangiliklar

Deontey Uaylder Ngannu bilan ikkita jang o'tkazmoqchi ekanini malum qildi
"Ngannu bilan jang qilishga qiziqyapman. Jangni Afrikada o'tkazishni istardim. Bilaman, Frensis to'g'ri yo'lda ketmoqda. Men u bilan faxrlanaman, chunki u o'z yuragiga quloq soladi. U bilan jang qilishga men uchun qiziq. Keling, buni tashkil qilamiz. Ikki katta qora super qahramon. Men hatto revansh jangi o'tkazish uchun ham shartnoma tuzish haqida o'ylayapman. Ko'pchilik boksda faoliyatini davom ettiradi. Sen mening sportimga kel, men esa senikiga boraman. Men haqiqiy jangchiman va bunga jiddiy qarayman. Hamma jang ustalari mushtlashayotganda men boshqa ish qilmoqchiman", - dedi Uaylder.
Eslatib o'tamiz, Deontey Uaylder navbatdagi jangini katta ehtimol bilan Endi Ruisga qarshi o'tkazishi mukinligi haqida xabar bergan edik.
Fikrlar