04 sen 12:32
Yangiliklar
Tennis

Derbida engil g'alabaga erishgan Sinner US Open 1/2 finalida
Nyu-York shahrida davom etayotgan tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionatining erkaklar o'rtasidagi bahslarida 1/2 finalchilar aniqlandi.
Dunyoning birinchi raketkasi Yannik Sinner 1/4 finalda ATP reytingida 10-o'rinni egallab turgan vatandoshi Lorenco Muzettiga qarshi kortga chiqdi. Roppa-rosa ikki soat davom etgan uchrashuvda Sinner hamyurtini ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi — 6:1, 6:4, 6:2.
Sinner 9, Muzetti 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Endi Yannik US Open 1/2 finalida reytingning 27-pog'onasida borayotgan kanadalik Feliks Oje-Alyassimga qarshi bahs olib boradi. Feliks Toshkent "CHellenjer" turnirining so'nggi g'olibi hisoblanadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar