14 may 15:25
Yangiliklar
Derek CHisora Deontey Uaylder bilan revansh jangi muzokaralarini boshladi
Faxriy bokschining Sky Sports’ga bergan intervyusida aytishicha, u allaqachon revansh jangi bo'yicha muzokaralarni boshlagan.
"Men revansh ustida ishlayapman, - dedi CHisora. — Hali masala hal bo'lgani yo'q: bir-ikkita uchrashuvim bor, shundan keyin ozmi-ko'pmi aniq bo'ladi. Uaylder rozi, chunki u ham natijadan ko'ngli to'lmagan. Ha, u g'alaba qozondi, lekin baribir norozi, shuning uchun biz jangni takrorlamoqchimiz.
CHisoraning so'zlariga ko'ra, bu safar u professional ringga faoliyatida so'nggi marta chiqishi aniq. "Bo'ldi, yil oxirida faoliyatimni yakunlayman", — deb vada berdi CHisora.
Eslatib o'tamiz, 4 aprel kuni Londonda bo'lib o'tgan jangda Deontey Uaylder hakamlarning ayri qarori bilan g'alaba qozongan edi. Umuman olganda, jangning katta qismi kanatlar yaqinida o'tib, klinchlarga boy bo'lgandi.

Fikrlar