07 mar 17:49
Yangiliklar
Boks/MMA
Devid Benavides: "Bivol, Beterbiev va Kaneloni ovlash uchun chiqdim"
Yarim og'ir vazn toifasida WBC chempioni, kelib chiqishi meksikalik bo'lgan amerikalik Devid Benavides o'zining ulkun rejalari bilan o'rtoqlashdi.
"Ramires ustidan g'alaba qozonganimdan so'ng, men boksimizning eng yaxshi yigitlarini ovlayman. Masalan, Bivol, chunki u yarim og'ir vazn toifasida chempionlik kamarlariga ega. Yana bir maxluq bor - Artur Beterbiev, yana Jey Opetayya va albatta, Kanelo. Faoliyatimni yakunlaganimda hech kim meni eng yaxshi emas deb ayta olmaydi", - deya Benavidesning so'zlarini keltiradi Boxing Social.
Eslatib o'tamiz, Devid 2 may kuni Las-Vegasda birinchi og'ir vazn toifasida WBA va WBO chempioni Xilberto Ramiresga qarshi jang o'tkazadi. 29 yoshli Benavidesning hisobida 31 ta g'alaba (25 ta muddatidan oldin) bor. Mag'lubiyat va durangi yo'q.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar