11 okt 13:42
Yangiliklar
Devid Benavides endi WBC chempioni emas!
Bokschi avvalgi vazn toifasiga qaytmasligini tasdiqlaganidan so'ng, tashkilot ushbu titulni vakant deb elon qildi.
Malumotga ko'ra, hozirda birinchi og'ir vaznda WBA va WBO chempioni sifatida ko'rsatilayotgan 29 yoshli Benavides faoliyatini aynan shu divizionda davom ettirishni rejalashtirmoqda.
Vakant WBC kamari uchun 7 noyabr kuni Manchesterda Joshua Buatsi va Villi Hatchinson o'rtasida revansh jangi o'tkaziladi. G'olib yarim og'ir vaznda WBC’ning to'laqonli chempioniga aylanadi.
Buatsi va Hatchinson 2024 yilda ham o'zaro jang qilgan. O'shanda Buatsi WBO vaqtinchalik chempionligi uchun kechgan bahsda g'alaba qozongan edi.
David Benavides esa dekabr oyida polshalik Mixal Ceslyak bilan jang qilishi kutilmoqda. Keyingi yil mart oyiga esa avstraliyalik Jey Opetaya bilan jang rejalashtirilgani aytilmoqda.
Fikrlar