18 may 16:25
Yangiliklar
Devid Benavides keyingi jangini qachon o'tkazmoqchi ekanligini aytdi
"Menimcha, faoliyatim uchun eng yaxshi variant — 5 may va 14 sentyabr sanalarida jang qilish. Saul Alvares hozir Saudiya Arabistonida jang qiladi, shuning uchun u menga katta imkoniyat qoldiryapti. Bu ajoyib sana, muxlislar uchun zo'r shou tashkil qilamiz va men bunga munosibman.
Professional boksdagi faoliyatim boshlanganiga 13 yil bo'ldi. Havaskordan chempion darajasigacha etdim, eng kuchli raqiblarni mag'lub etdim. Hammasiga o'z kuchim bilan erishdim. Menga hech narsa osonlikcha berilmagan. SHuning uchun hozir shu darajaga chiqqanimdan keyin, bu sanalarda jang qilishga haqliman deb o'ylayman va muxlislarga ular kutgan janglarni taqdim etishda davom etaman", — dedi Benavides The Ring nashriga.
Fikrlar