02 may 12:13
Yangiliklar
Devid Benavides Xilberto Ramiresdan ancha engil tosh bosdi
Oqshomning asosiy jangi birinchi og'ir vazn toifasida o'tkaziladi va unda Xilberto Ramires va Devid Benavides o'zaro to'qnash keladi. Jang Ramiresga tegishli bo'lib turgan WBO chempionlik kamarlari uchun kechadi.
Ertangi jang oldidan bokschilar rasmiy tarozidan o'tish marosimida hozir bo'lishdi. Amaldagi chempion Ramires limit uchun chegaradagi eng yuqori vaznni qayd etdi - 90,7 kg. Ushbu jang Devid Benavides uchun yangi vazn toifasida debyut bo'ladi. U ancha engil - 89,26 kg tosh bosdi. Benavides faoliyatida birinchi marta hech qanday kuch sarflamasdan jangga tayyorgarlik ko'rdi hamda vazn tashlash muammosidan xalos bo'ldi.
Kechaning ikkinchi muhim jangi ishtirokchilari Armando Resendes va Xayme Mungiya ham tarozida mos ravishda 75,75 va 75,93 kg vazn ko'rsatib, ikkinchi o'rta vazn chegarasi 76,2 kg bilan vazn o'lchashdan muammosiz o'tishdi.

Fikrlar