16 apr 11:00
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/37032_220.jpg)
Devid Xey: “Bellyuga yutqazsam, faoliyatimni yakunlayman”
Professional boksning birinchi og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Devid Xey hamyurti Toni Bellyuga revansh jangida imkoniyatni boy bersa, faoliyatini yakunlashini malum qildi.
“Hozir 37 yoshdaman, tez kunda 38ga to'laman. Bellyuni mag'lubiyatga uchratgan taqdirimda ham qo'lqoplarimni mixga ilishim mumkin. Bu holat yorqin jang namoyish eta olmagan holatimda ro'y beradi. Agar yutqazsam, aniq faoliyatimni yakunlayman. Bunga yuz foiz kafolat beraman”, - dedi Xey.
Eslatib o'tamiz, Xey va Bellyu o'rtasidagi revansh jangi 5 may kuni bo'lib o'tadi. Bu ikki bokschining ilk to'qnashuvida Bellyu nomdor raqibini texnik nokautga uchratgan edi.
Havola :
Fikrlar