17 iyu 10:10
Yangiliklar
Devin Xeynining WBC kamariga majburiy davogar malum
Oqshomning markaziy jangi engil vazn (61,2 kg) toifasida o'tkazilib, unda amerikalik istedod Frenk Martin (17-0, 12 KO) asli kelib chiqishi armanistonlik, hozirda Germaniya sharafini himoya qilayotgan Artyom Arutyunyan (12-0, 7 KO)ga qarshi ringga ko'tarildi.
Har ikki bokschi ham kechagi jangga qadar mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgandi. G'olib bokschi WBC kamariga majburiy davogarga aylanishi bois, jangga bo'lgan qiziqish juda yuqori edi.
O'n ikki raund to'liq davom etgan davogarlar jangi hakamlar qaroriga ko'ra aniqlandi. Unda Martin hakamlarning yakdil qarori bilan 115-112, 115-112, 114-113 hisoblarida g'alaba qozondi.
Malumot uchun, 28 yoshli Frenk Martin professional boksda 2017 yilda debyut qilgan. Barcha janglarini AQSH hududida o'tkazgan. Ushbu vaznda amerikalik Devin Xeyni (30-0, 15 KO) WBC chempioni bo'lib turibdi. U shuningdek, WBA, IBF va WBO kamarlari sohibi ham hisoblanadi.
Fikrlar