03 fev 08:02
Yangiliklar
Tennis
"Devis Kubogi". Bugun O'zbekiston - AQSH qarama-qarshiligi boshlanadi
Bugun O'zbekiston tennis terma jamoasi "Devis Kubogi"ning jahon saralash bosqichi doirasida AQSHga qarshi kortga chiqadi.
Bugun mazkur qarama-qarshilik doirasida ikkita yakkalik o'yini o'tkaziladi.
3 fevral kuni bo'lib o'tadigan o'yinlar:
Sergey Fomin (O'zbekiston) — Makkenzi Makdonald (AQSH);
Humoyun Sultonov (O'zbekiston) — Tommi Pol (AQSH).
4 fevral kuni o'tkaziladigan o'yinlar:
Sanjar Fayziev/Sergey Fomin — Ostin Kraychek/Ram Rajiv;
Sergey Fomin (O'zbekiston) — Tommi Pol(AQSH);
Humoyun Sultonov — Makkenzi Makdonald (AQSH).
Bugungi uchrashuvlar 13:00 da boshlanadi.Bahslar poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari yopiq kortlarida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar