04 fev 07:53
Yangiliklar
Tennis
"Devis Kubogi". Bugun O'zbekiston - AQSH qarama-qarshiligida ikkinchi kun o'yinlari o'tkaziladi
Bugun O'zbekiston tennis terma jamoasi "Devis Kubogi"ning jahon saralash bosqichi doirasida AQSHga qarshi ikkinchi kun o'yinlarini o'tkazadi.
Kecha mazkur qarama-qarshilik doirasida dastlabki ikkita yakkalik o'yini o'tkazildi. Afsuski, har ikkala o'yinda ham tennischilarimiz imkoniyatni boy berib qo'yishdi.
3 fevral:
Sergey Fomin (O'zbekiston) — Makkenzi Makdonald (AQSH) 4:6, 1:6.
Humoyun Sultonov (O'zbekiston) — Tommi Pol (AQSH) 1:6, 6:7.
Bugun, 4 fevral kuni o'tkaziladigan o'yinlar:
Sanjar Fayziev/Sergey Fomin — Ostin Kraychek/Rajiv Ram;
Sergey Fomin (O'zbekiston) — Tommi Pol(AQSH);
Humoyun Sultonov — Makkenzi Makdonald (AQSH).
Bugungi uchrashuvlar soat 12:00 da boshlanadi. Bahslar poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari yopiq kortlarida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar