13 dek 17:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Devison Figeredo UFC tarixiga kirdi
Bir necha soat avval Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC kechasi yakunlandi.
Kechaning markaziy jangida o'ta engil vazn toifasida UFC kamari sohibi Devison Figeredo Brendon Morenoga qarshi oktagonga ko'tarilib, durang natijani qayd etdi. SHu tariqa chempion kamarini o'zida saqlab qolishga erishdi.
Bu natija orqali Devison UFC tarixiga kirdi. Gap shundaki, hali hech bir chempion 20 kun ichida ikkita chempionlik jangida ishtirok etmagandi.
Figeredo esa bundan 20 kun avval UFC 255 kechasida Aleks Peresga qarshi bahs olib borib, birinchi raundda g'alabaga erishgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar