30 mar 08:46
Yangiliklar

Deyveson Figeredo Brandon Morenoni irqchilikda ayblamoqda
Figeredo tashkilot rahbariyatiga nima uchun Brendon Moreno bilan qatorasiga to'rtinchi jang o'rniga, Kay Kara-Fransga qarshi jang qilishni afzal ko'rishini tushuntirdi.
"Hurmatli Dana Uayt, menga, oilamga va mamlakatimga bergan imkoniyatingiz uchun sizga rahmat aytmoqchiman. Bilasizmi, men hamma bilan, istalgan vaqtda, istalgan joyda jang qilishga tayyorman. SHuning uchun Brandon Moreno bilan to'rtinchi marta jang qilmoqchi bo'ldim, chunki muxlislar shuni xohlashdi.
Moreno jamoasi esa irqchilik ruhiyatidagi izohlari bilan hadidan oshdi. Ular meni maymun deyishdi va yuzimni fotoshop qilishgacha borishdi. SHu munosabat bilan chempion sifatida UFC'dan mening xohishimni inobatga olishini so'rayman – men chempionlik jangiga loyiq bo'lgan Kara Frans bilan jang o'tkazmoqchiman", — deb yozadi braziliyalik ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Fikrlar