So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

09 apr 08:10
Yangiliklar

Velosport

Diana Adelshinova: "Kumirim – Olga Zabelinskaya"

O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi karantin kunlarida o'quvchilarimizni zeriktirib qo'ymaslik uchun bir qator qiziqarli intervyularni tashkil qilishda davom etadi.

Bugun etiboringizga terma jamoamizning etakchi sportchilaridan biri, qator xalqaro musobaqalar g'olibi va sovrindori Diana Adelshinova bilan suhbatni havola qilamiz:

 – Velosportga kirib kelishingiz qanday bo'lgan?
–  Velosportga 13 yoshimda Lyudmila Markelova murabbiyligida kirib kelganman. O'shanda poytaxtimizdagi Olimpiya mavzesida trek yo'nalishi bo'yicha shug'ullanar edim. Bu mashg'ulotlarimiz 1 yilga cho'zildi xolos va unda asosan jismoniy tayyorgarlik ustida ishladim. Keyin uzoq muddat velosportni tashlashimga to'g'ri keldi. 18 yoshimdan yana sportga qaytib keldim va Vadim SHayxov hamda Rustam Nuritdinov qo'l ostida shug'ullana boshladim. Bu insonlardan meni sportga qaytarishgani va birga mashg'ulot o'tkazishayotganidan mamnunman. Ular meni jamiyatimizga foydasiga tegadigan shaxs va sportchi qilib tarbiyalashgani uchun ham ulardan minnatdorman.

 

– Ushbu sportda qanday muvaffaqiyatlarga erishgansiz va o'z oldingizga qo'ygan rejalaringiz haqida aytib bersangiz.
–  Hozirda shosse va trek yo'nalishlarida bir necha karra O'zbekiston chempioni bo'ldim. 2019 yil BAAda shosse yo'nalishida o'tgan UAE challange turnirida g'alaba qozondim. SHuningdek, o'tgan yil Tailandda o'tgan Osiyo kubogida ham sovrindorlar qatoridan joy oldim. Bu sportda yanada marralarni zabt etishni istayman. Asosiy maqsadlarimdan biri mashhur xorijiy jamoalar tarkibidan joy oldim nufuzli musobaqalarda g'alaba qozonish. Ishonib qolamanki, koronavirus pandemiyasi hukumatimiz tomonidan ko'rilayotgan chora-tadbirlar bilan tez orada yurtimizda barham topadi. Barchasi ortda qolishi bilan bu yil uchun mo'ljallangan qator musobaqalar, jumladan, Osiyo chempionati va boshqa startga tayyorgarlikni boshlaymiz va yuqori natijalar qayd etishga harakat qilamiz.

 

– Velosportda kimga o'xshashga harakat qilasiz?
–  Kumirim Olga Zabelinskaya. Uning terma jamoamiz safida harakat qilayotgani biz kabi yosh sportchilarga qo'shimcha ishtiyoq beradi. Biz uning misolida kimning darajasiga qarab harakat qilishimizni ko'rib olamiz. U jamoamizning haqiqiy etakchisi. Unga ham sportchi, ham inson sifatida o'xshashni juda ham xohlayman. SHu o'rinda hozir barcha jamoadoshlarim, sportchilar va hamyurtlarimizga uyda qolib, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda shifokorlarimiz talab qilayotgan ko'rsatmalarga rioya etishlarini so'rab qolaman. Biz birgalikda bu kasallikni, albatta, engib o'tamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing