09 jan 13:07
Yangiliklar
Diego Lopes xatolarini tuzatganini va Volkanovskini revanshda muddatidan oldin mag'lub etishini aytdi
CHempionlik jangi 31 yanvar kuni Sidneydagi UFC 325 turnirida bo'lib o'tadi.
"Men juda ko'p narsani o'rgandim. Aprel oyida Volkanovski bilan jang qilganimda, o'zimga biroz ortiqcha ishongan edim. G'alabalar seriyam yaxshi edi va mashg'ulotlarimda hech narsani o'zgartirish shart emas, deb o'yladim. Lekin jangdan keyin tayyorgarligimda ko'p kamchiliklar borligini ko'rdim. SHu bois o'sha jangdan so'ng ko'p narsani tuzatdim. Hozir o'zimni ancha yaxshiroq his qilyapman. O'zim va jamoam uchun alohida sport zal ijaraga oldim. Hech qanday chalg'ituvchi omillar yo'q. Savollar bilan keladigan, suratga yoki video olishni so'raydigan odamlar ham yo'q.
Men raqib hududida jang qilaman. Bu jangni albatta yakunlashim kerak. Sabmishn, nokaut yoki besh raund to'liq ustunlik bilan — maqsadim shu. Maqsadim — g'alaba qozonish", — dedi Lopes MMA Mania nashriga.
Fikrlar