12 may 14:08
Yangiliklar
Futbol
Dik Advokat JCH-2026 oldidan Kyurasao terma jamoasiga yana bosh murabbiy etib tayinlanadi
Niderlandiyalik taniqli murabbiy Dik Advokat oilaviy sabablarga ko'ra 2026 yil fevralida tark etgan Kyurasao terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga qaytadi.
Bu haqda ESPN xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, murabbiyning qaytishini terma jamoa o'yinchilari va homiylar talab qilgan. Kyurasao futbol federaciyasi bugun, 12 may kuni niderlandiyalik mutaxassisning qaytishini tasdiqlash uchun matbuot anjumani o'tkazadi.
11 may kuni tashkilot rasmiy saytida fevraldan buyon lavozimda bo'lgan Fred Ryutten istefoga chiqarilgani elon qilingan edi.
Kyurasao terma jamoasi jahon chempionatida Germaniya, Kot-dIvuar va Ekvador bilan bir guruhga tushib qoldi. Advokat jahon chempionatlari tarixidagi eng yoshi katta murabbiyga aylanishi mumkin. Hozirda u 78 yoshda.

Havola :
Fikrlar