28 avg 10:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Dillian Uayt bir oyga boksdan chetlatildi
Britaniya boks uyushmasi (BBBofC) superog'ir vazndagi Dillian Uayt (27-2, 18 KO)ni 28 kunga har qanday boks faoliyatidan chetlatdi.
Britaniyalik bokschi rossiyalik Aleksandr Povetkin (36-2-1, 25 KO) bilan bo'lib o'tgan jangda lg'ir nokautga uchragan edi. Britaniya boks uyushmasi tibbiy xulosalarga tayangan holda chetlatish haqida qaror chiqargan.
Eslatib o'tamiz, ayni paytda tomonlar revansh jangini o'tkazish yuzasidan muzokara olib borishyapti. Reja bo'yicha revansh noyabr oyida o'tkaziladi. SHanba kungi chuqur nokautni inobatga olsak, Uaytning promouteri Eddi Xirn bir oylik chetlatish uchun xursand bo'lishi kerak.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar