07 apr 07:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Dima Bivol qachon ringga qaytishini aytdi
Yarimog'ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni, rossiyalik Dmitriy Bivol keyingi jangi haqida gapirdi.
"Men noyabr oyidan oldin ringga qaytishni rejalashtirmayapman. Hozircha mashq qila olmayman. Yugurish, sport zaliga qatnash tez orada boshlanadi. Jangga tayyorgarlik ko'rish uchun qancha vaqt ketadi? Taxminan uch oy, agar tiklanish jarayonidan o'tgan bo'lsangiz", dedi Bivol.
Malumot uchun, Dmitriy Bivol so'nggi jangini fevral oyida Artur Beterbievga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchgan va mutlaq jahon chempioniga aylangandi. Bu bilan ilk jangdagi mag'lubiyat uchun Arturdan revansh ham olgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar