So’nggi yangiliklar

20:38Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон асосий жамоаларида ғалабалар, учинчи терма жамоа Германияга ютқазди (барча натижалар) 0 19:02Арман Царукян нима учун UFC чемпионлик камари учун барча пулидан воз кечишга тайёрлигини тушунтирди 0 18:32Рафинья Ямални "Олтин тўп"га лойиқ деб ҳисоблайди 0 17:45Фёдор Емельяненко UFC собиқ чемпиони билан жанг қилмоқчи 0 17:16Mangu 5: Бу сафар Ўзбекистон ва Қозоғистон ўртасида кичик турнир бўлади 0 16:30Арман Царукян UFCдан допинг-тест учун махсус куртка олди 0 15:51Месси учун 500 млн: ақл бовар қилмас трансфер тафсилотлари ошкор бўлди 0 14:46Расман: Ўзбекистон бокс терма жамоасининг Осиё ўйинларида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди 0 14:32Триатлончиларимизнинг Аичи-Нагоя-2026 Осиё ўйинлари учун таркиби маълум. Француз спортчимиз ҳам Японияга боради 0 13:45Осиё ўйинлари. Ўзбекистон аёллар МТЖ Хитой билан дуранг ўйнади 0 13:14Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. Бугунги рақибларимиз ва жуфтликлар билан танишинг 0 12:53Бобур Абдулазизов илк бор Тошкентда ўтказиладиган IBA Nomad турнирида жанг қилади. Рақиб эски таниш (ПОСТЕР) 0 12:05Ҳиндистон шахмат терма жамоаси Самарқандда ташкилий муаммога дуч келди 0 11:22Ўзбекистон Кубоги чорак финалига қуръа ташланди 0 09:45Оксана Чусовитина ҳам Осиё ўйинларига боради! 0

28 sen 10:37
Yangiliklar

Dzyudo

Diyora Keldiyorova: Cportga kirib kelishimga buvijonim sababchi bo'lganlar

O'zbekiston kattalar terma jamoasi Toshkent viloyatining "Xumson" sihatgohida deyarli uch hafta davom etgan o'quv-mashg'ulot yig'inini yakunlab, poytaxtga qaytdi.

Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan o'tkazilib, ularga bosh murabbiy Ilias Iliadis boshchilik qildi. Biz yig'inning so'nggi kuni Osiyo chempioni, kadetlar o'rtasida jahon chempioni Diyora Keldiyorovadan intervyu oldik. 

Malumot uchun, Diyora Keldiyorova Samarqand viloyatining Pastdarg'om tumani Juma shaharchasida tug'ilgan. Murabbiyi - Xurshida Xoliqova. Samarqand davlat universitetining 4-bosqich talabasi. Diyora 2015 yil Bosniya va Gercegoviniyaning Saraevo shahrida o'tkazilgan kadetlar o'rtasidagi jahon chempionatida yo'lidan chiqqan barcha raqibalarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritgan. U o'tgan yili Xitoyning Cindao shahrida o'tgan "Masters" turnirida bronza medaliga ega chiqqan. 

- Diyora, odatda o'zbek oilalarida ota-onalar qizlarining sport bilan shug'ullanishlarini unchalik ham xushlashmaydi, ayniqsa, boks va boshqa yakkakurash turlarida. Sizda bu jarayon qanday kechgan?

- Cportga kirib kelishimga buvijonim, yani dadamning onalari sabab bo'lganlar. Siz aytgandek, otam bilan onam bunga qarshi chiqishgan. Lekin buvim ularni ko'ndirganlar. Buvijonimning istaklari va tavsiyalari bilan boshqa nevaralar ham u yoki bu sport turi bilan shug'ullana boshlashgan. 

- Nima uchun aynan dzyudoni tanladingiz? Boshqa variantlar ham bormidi?

- Ha, bor edi. Ota-onam baletga berishmoqchi bo'lishgan. Lekin buvijonimning tavsiyalari bilan dzyudoga borganman. Ikki-uch kunlik mashg'ulotlardan so'ng o'zim ham ushbu yakkakurash turiga qiziqib ketganman.

- Keling eslaymiz... sport zalidagi birinchi kun, ilk mashg'ulot taassurotlari, murabbiy bilan suhbat...

- Birinchi murabbiyim Xurshida Xoliqova bo'ladilar. Pastdarg'om tumani 1-BO'SMning dzyudo bo'limida murabbiy bo'lib ishlaydilar. Ochig'ini aytaman, juda nozik bo'lganim uchun avvaliga menga ishonishmagan. Keyin chayir va epchilligim bilan ularning fikrini tamomila o'zgartirishga erishdim. Mashg'ulotlarda astoydil ishladim, tabiiyki, murabbiyim ham menga alohida etibor qarata boshladilar. 

- Birinchi ishtirok etgan musobaqangiz hamda qo'lga kiritgan ilk medalingiz yodingizdami? 

- Qizig'i, birinchi musobaqam sambo sport turidan bo'lgan. O'shanda 20 kg vazn toifasida ishtirok etib, bronza medalini qo'lga kiritgan edim. Garchi shoxsupaga ko'tarilgan bo'lsam-da, rosa yig'lagandim.                   

- Xorijda ishtirok etgan birinchi musobaqangiz-chi? 

- Birinchi xalqaro musobaqam 2013 yil Rossiyaning Tver shahrida bo'lib o'tgan. Xalqaro turnirdan bir oy oldin Rossiyaga borishim malum bo'lgan. Bir oy qanday o'tgani faqat o'zimga ayon. Kadetlar o'rtasidagi Evropa Ochiq chempionatida 5-o'rin bilan kifoyalangandim. Bronza medali uchun kechgan bellashuvda yutqazib qo'ygan edim. Terma jamoa murabbiyi Vyacheslav Pereteyko yutqazganimga qaramay, ko'nglimni ko'targanlar. 2014 yilda xuddi shu musobaqaga borib, medal bilan qaytganman.

- Siz uchun eng qadrli musobaqa bu yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati hisoblanadi. Bosniya va Gercegoviniya davlatida chempion bo'lgansiz. Qizlar orasida birinchi o'zbekistonliksiz. Keling shu musobaqani yana bir bor eslaymiz...

- Men uchun o'zim ishtirok etgan barcha musobaqalar qadrli. Lekin baribir siz aytgandek, jahon chempionatining o'rni bo'lakcha. To'g'risini aytaman, medalga umid bo'lgan, lekin chempion bo'lishimni kutmagan edim. Birin-ketin qozonilgan g'alabalar o'z kuchimga bo'lgan ishonchni oshirgan. Buning natijasida final bellashuvini ham ippon, yani sof g'alaba bilan yakunlaganman. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing