15 okt 08:35
Yangiliklar
Boks/MMA

SHavkat Rahmonov UFC P4P reytingini tark etdi
Vazn toifasidan qati nazar UFC reytingi yangilandi va unda bir nechta o'zgarishlar ro'y berdi.
UFC Fight Night 261 turnirining asosiy jangida polshalik Mateush Gamrotni muddatidan oldin mag'lubiyatga uchratgan CHarlz Oliveyra yana P4P reytingiga qaytdi. Braziliyalik sobiq UFC chempioni 15-o'rinda qayd etildi. SHu paytgacha Top-15`ni yakunlab turgan qozog'istonlik SHavkat Rahmonov esa reytingni tark etdi.
Asli gruziyalik Iliya Topuriya P4P reytingi peshqadami bo'lib turibdi. Ispaniya sharafini himoya qilayotgan Topuriya 17 ta jangining barchasida g'alaba qozongan. Rossiyalik Islam Maxachev ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, chempionlik kamarini shu yilning o'zida uch marotaba himoya qilgan Merab Dvalishvili kuchli uchlikka yakun yasagan.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar