So’nggi yangiliklar

19:01Ўзбекистон иштирокида ўтадиган хоккей бўйича 2027 йилги Жаҳон чемпионати қачон ва қайси давлатда бўлиши айтилди 0 18:13Жаско Коач Хотамбек Бойназаровга аслида нима бўлганини айтди 0 17:28Игамбердиев Машарипов атрофидаги баҳс ҳақида: "Грижа" ЖЧга бир ҳафта қолганида пайдо бўлиб қолмайди" 0 16:56Касимеро – Аҳмадалиев жанги Муроджон учун қанчалик аҳамиятга эга? Эҳтимолий тўқнашув таҳлили 0 16:18Дана Уайт: "Ҳатто чақмоқ ҳам UFC Freedom 250 турнирини тўхтата олмайди" 0 15:48Енгил атлетикачимиз Финляндиядаги турнирда совриндор бўлди 0 15:21ЖЧ-2026 арафасида футбол қоидаларида бир нечта ўзгаришлар бўлди: мана ўша 10 та банд 0 14:57Боксчиларимиз тўлиқ таркибда Жаҳон кубогида иштирок этади 0 14:33Мана буни омад деса бўлади! Саралашда ютқазган Раҳимова "лаки лузер" сифатида тўғридан-тўғри Лондондаги WTA турнирининг 1/8 финалига йўл олди 0 14:08"Унга UFC турнирига келиш тақиқланмаган" - Дана Уайт чемпион ҳақида гапирди 0 13:43Криштиану Роналду ЖЧ-2026 бошланишидан олдин фикр билдирди 0 13:09Волкановски: "Мен энг кучлиси билан жанг қилмоқчиман. У - Евлоев" 0 12:41Дана Уайт: "У оғир вазн чемпиони бўлса, барча даврларнинг энг буюк жангчисига айланади" 0 12:17UzChess Cup III. Шов-шув кўтарган Мадаминовда кетма-кет иккинчи мағлубият, Воҳидов пешқадам! 0 11:53Ўртоқлик ўйини. ЖЧ-2026`даги рақибимиз Нигерияни мағлуб этди 0

07 avg 07:42
Yangiliklar

Dzyudo, Tokio-2020

Diyorbek O'rozboev: "Medalimni Davlatimiz mustaqilligining 25 yilligiga bag'ishlayman"

Dzyudo kurashi bo'yicha terma jamoamiz azosi Diyorbek O'rozboev Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o'tkazilayotgan XXXI yozgi Olimpiya o'yinlarida delegaciyamiz hisobiga dastlabki medalni keltirdi.

Og'irlik vazni 60 kg.gacha bo'lgan polvonlar bellashuvida tatamiga tushgan istedodli sportchimiz Avstraliya, SHveycariya, Braziliya hamda Gruziya terma jamoasi azolarini mag'lub etib, bronza medali sovrindori bo'ldi.

“Birinchilardan bo'lib bahslarga kirishish juda ham masuliyatli. Men bunga ham jismonan, ham ruhan tayyor edim. Biz sportchilarga Davlatimiz va xukumatimiz tomonidan qaratilayotgan alohida etibor o'z so'zini aytmoqda. Odatda sportchilar mana shunday g'alabalarni biror-bir sana yohud yaqinlaridan biriga bag'ishlaydilar. Men Olimpiya o'yinlaridagi birinchi medalimni Davlatimiz mustaqilligining 25 yilligiga bag'ishlayman. Xalqimiz, Prezidentimiz ishonchlarini oqlaganligimdan xursandman. Fursatdan foydalanib meni doimo qo'llab-quvvatlab turadigan oilamga, ustozlarimga ham o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Bu barchamizning yutug'imizdir”, - deydi Diyorbek O'rozboev.



SHu tariqa, mamlakatimiz Istiqlolga erishgandan buyon yozgi Olimpiya o'yinlarida sportchilarimiz tomonidan qo'lga kiritilgan medallar soni 21taga etdi. SHundan 5 tasi (ikkita kumush va uchta bronza) dzyudo ustalarimizga tegishlidir.

Albatta, Olimpiya o'yinlarining birinchi kunidayoq sovrindor bo'lgan davlatlar safidan o'rin egallash har qancha tahsinga loyiq. Umid qilamizki, Diyorbekning zafarli odimi Olimpiya o'yinlariga kelgan qolgan sportchilarimizga ham yuqori kayfiyat bag'ishlaydi va qo'lga kiritilajak medallarimiz soni kundan-kunga ortib boraveradi. Bu yo'lda yurtdoshlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz.

Malumot uchun. Diyorbek O'rozboev 1993 yilning 17 avgust kuni Xorazm viloyatining SHovot tumanida tavallud topgan. Xalqaro toifadagi sport ustasi. Murabbiylari: Jamshid Xudoyberganov va Vyacheslav Pereteyko.


Reyting: +4   

Fikrlar

+1   
07 avg 07:47:58
Liverpool.FC
Oltin medal uchun 200.000 ming dollar. Mana buni yoshlarga va sportga e'tibor desak bo'ladi.
   
07 avg 12:12:54
Feyajolk
LONDON 2012 300 000 EDI
   
07 avg 08:09:56
Oq boʻrilar
Barakalla. Munosib sovgʻa. Gʻalabalar davomli boʻlsin.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing