26 iyu 12:49
Yangiliklar
Dzyudo, Tokio-2020
Diyorbek O'rozboev: "Olimpiadada raqib tanlanmaydi"
Rio-2016 o'yinlarida yurtimiz sharafini himoya qiladigan dzyudochimiz Diyorbek O'rozboev to'rt yillikning muhim musobaqasiga tayyorgarliklar qanday ketayotganligi haqida gapirib o'tdi.
"Ayni paytda bizga Olimpiadaga tayyorlanishimiz uchun juda yaxshi sharoitlar yaratib berilgan. SHunga yarasha biz ham Olimpiadaga alo darajada tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Bu borada murabbiylarimiz ham tinmay mehnat qilmoqdalar. Nasib qilsa yurtimizga yaxshi natijalar bilan qaytmoqchimiz.
Asosiy raqibim? Olimpiadada har bir raqib kuchli bo'ladi. SHu sababli, har bir raqibimni asosiy deb hisoblayman", - deydi 60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan dzyudochimiz Diyorbek O'rozboev.
Fursatdan foydalanib, Diyorbek O'rozboevga, shu jumladan qolgan dyudochilarimizga ham Olimpiadadan medallar shodasi bilan qaytishlarini tilab qolamiz!
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar