03 fev 15:20
Yangiliklar

Dmitriy Bivol Emelyanenko haqida: "Bu inson o'z vaqtida eng yaxshisi bo'lgan"
"Men Aleksandr Emelyanenkoning sog'lig'i bilan bog'liq muammolar borligini ko'ryapman. U jangga tayyor bo'lmagani uchun emas... Birinchidan, qandaydir sport musobaqasiga borish uchun sizda poydevor bo'lishi kerak. Bu hech bo'lmaganda sizning sog'ligingiz bo'lishi kerak, harakatlarni tez va aniq bajarishingiz uchun. Keyingi poydevor – chidamlilik, kuch.
Aleksandrda asosiy poydevori ham yo'q. Agar biz bino qurayotgan bo'lsak, chuqur qazishimiz, uni qum bilan to'ldirishimiz kerak. SHunda betonni quysa bo'ladi. Agar o'tmishga qarasak, bu inson eng yaxshisi bo'lgan. Agar uning yaqinlari bo'lsa, ular buni bilishi kerak. Yaqin insonlar – murabbiyim, otam, qarindoshlarim menga buni yakunlashim kerakligini aytishlarini istardim", - dedi Bivol.
Fikrlar