So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

10 mar 09:46
Yangiliklar

Boks/MMA

Dmitriy Bivol navbatdagi raqibi va jang sanasini bilib oldi

Yarim og'ir vazn toifasida jahon chempioni Dmitriy Bivol navbatdagi jangini Afrika qitasida o'tkazadi.

Rossiyalik bokschi o'ziga tegishli IBF chempionlik kamarini majburiy davogar Mixael Ayfertdan himoya qiladi. Jurnalist va insayder Den Rafaelning malum qilishicha, IBF ushbu jangni o'tkazish huquqi uchun promouterlik aukcionini bekor qilgan, chunki bokschilar vakillari tashkilotni muzokaralar davomida kelishuvga erishganliklari haqida xabardor qilgan.

Taxminlarga ko'ra, mazkur jang 23 may kuni Misrning Giza shahrida bo'lib o'tadigan boks oqshomi doirasida tashkil etiladi. Turnirning asosiy voqeasi superog'ir vazn toifasida jahon chempioni Aleksandr Usik hamda afsonaviy kikbokschi Riko Verxuven o'rtasidagi jang bo'lishi kutilmoqda.

Malumot uchun, 35 yoshli Dmitriy Bivol (24-1, 12KO) so'nggi bor 2025 yilning fevral oyida Artur Beterbievni revansh jangida mag'lub etgandi. SHundan so'ng, Beterbiev va Bivol uchinchi jang haqida muzokaralar olib borishdi, ammo bu muvaffaqiyatsiz tugadi. Avgust oyida Dmitriyning umurtqa pog'onasida jarrohlik amaliyoti o'tkazildi, shu sababli u mashg'ulotlarda tanaffus qilishga majbur bo'ldi.

28 yoshli Mixael Ayfert (13-1, 5KO) 2023 yilda 40 yoshli sobiq jahon chempioni Jan Paskalni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etib, chempionlik jangini o'tkazish huquqini qo'lga kiritgan edi. O'sha paytda IBF kamari Artur Beterbievga tegishli bo'lib, u Bivol bilan birlashtiruvchi jang o'tkazish uchun majburiy himoyani kechiktirdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing