28 apr 07:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Dmitriy Bivol nima uchun Kanelo bilan jang qilishga rozi bo'lganini aytdi
Yarim og'ir vazn toifasida WBA chempioni Dmitriy Bivol supero'rta vazn toifasida mutlaq jaxon chempion Saul Alvares bilan jang oldi qanday kayfiyatda ekanligini malum qildi.
"Men xato qilmaslikka harakat qilaman. Boks shaxmat emas, ko'p o'ylashni keragi yo'q. Bu hazil albatta, shunchaki boksda o'ylashga vaqt kam.
SHaxmatda o'ylashga vaqt bor. Boksda tezkor bo'lishingiz kerak. Bazida o'ylash uchun bir necha soniya ham bo'lmaydi.
Albatta, Kaneloning janglarini tomosha qildim. U ajoyib bokschi. Men uni Floyd Meyvezerga qarshi jangdan beri kuzatib kelaman.
Kaneloning ko'p janglarini kuzatganman. 7 may kuni tayyor bo'laman. SHuning uchun ham jangga rozi bo'ldim", — dedi Bivol.
Eslatib o'tamiz, Bivol va Alvares o'rtasidagi jang 7 may kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar