02 iyu 03:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Dmitriy Bivolning Malik Zinadga qarshi jangi muddatidan oldin yakunlandi + VIDEO
Ar-Riyoddagi prof boks oqshomi qizg'in pallasiga kirib bormoqda.
Oqshomdan o'rin olgan qiziqarli jang yakunlandi.
Unda yarim og'ir vazn toifasida WBA va IBO tasnifiga ko'ra Jahon chempioni, rossiyalik bokschi Dmitriy Bivol ringga ko'tarildi. Bivolga liviyalik Malik Zinad raqiblik qildi.
12 raund etib belgilangan mazkur bellashuv oltinchi raundda yakunlandi. Bivol raqibini texnik nokaut orqali taslim etdi.
Qayd etish joiz, bugungacha har ikki bokschi prof faoliyati davomida 22 tadan jang o'tkazib, ularning barchasida g'alabaga erishgan edi. Bugungi jang orqali Bivol o'zining 23-g'alabasini tantana qilgan bo'lsa, Zinad ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar