09 fev 16:53
Yangiliklar

Donald Serrone: Konor, biz sen bilan Xabibning kamari uchun jang qilamiz!
Aytishlaricha, Konor va Serrone o'rtasidagi jang Xabib Nurmagomedovga tegishli bo'lib turgan engil vazn toifasidagi UFC chempionlik kamari uchun kechadi.
“Yaxshi xabarlar, Konor! Aftidan, biz sen bilan engil vazn toifasi vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang o'tkazamiz. Amerika va Irlandiya o'rtasida hal bo'ladigan kamar! Proper 12 viskisi “Budweiser”ga qarshi”, - deya o'zining Tvitter sahifasida xabar qoldirgan Serrone.
Eslatib o'tamiz, kecha UFC prezidenti Dana Uayt yozda Serrone va Makgregor o'rtasida jang o'tkazilishi aytib o'tgandi. Agar Xabib Nurmagomedov Konorga qarshi o'tkazgan jangidan boshlab bir yil ichida jang o'tkazmasa, uning vaznida vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang tashkil qilinadi.
Fikrlar