21 iyu 21:01
Yangiliklar
Doping tekshiruvlar ko'p bo'ladi: Olimpiadada 5000 ta doping-testdan o'tishadi. Bu rekord ko'rsatkich
Masalan, Rio-2016`da Butunjahon antidoping agentligi (WADA) 4930 ta namunani olgan edi, ham musobaqada davomida ham musobaqadan keyin.
Tokio-2020`da Xalqaro Doping Test Agentligi (ITA) Yaponiya antidoping agentligi (JADA) ko'magida namuna olish bilan shug'ullanadi. Umuman olganda, 2020 yilgi Olimpiadada 250 nafar doping-oficer va 700 ta yordamchi xodim ishlaydi. Doping namunalari yig'ilgan kundan boshlab 10 yil davomida saqlanadi.
"COVID-19 ga qarshi choralar ko'rilishi munosabati bilan ITA sportchilarning Olimpiya qishlog'ida va Yaponiyada qolish muddati qisqarishini inobatga olgan holda, Olimpiya o'yinlari davomida musobaqadan tashqari ham testlarni olishga tayyor.
ITA musobaqadan tashqari test sinovlarini qishloq tashqarisida o'tkazishga tayyorlanmoqda, bazi sinovlar sportchilar Olimpiya o'yinlarga jo'nab ketishdan oldin o'z mamlakatlarida o'tkaziladi",-deyiladi ITA xabarida.
Fikrlar