16 mar 10:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Dos Anos Maxachevga qarshi jang uchun o'z shartini qo'ydi
Braziliyalik UFC jangchisi Rafael dos Anos Islam Maxachev bilan jang qilish uchun o'z shartini aytdi.
Jangchi agarda unga Xabib Nurmagomedov bilan jang qilish kafolatlanadigan bo'lsa, unda u Maxachev bilan kuch sinashishga tayyor.
"Menda kamar bo'lgan payt men Ali Abdel-Azizdan Xabib bilan revansh haqida so'ragan edim. Ali esa Xabibni mendan uzoqroq tutib, uni saqlashga erishgandi.
Men Maxachev bilan bemalol jang qilishim mumkin. Faqat bir shart bilan. Uning jamoasi shunchalik Islamga ishonayotgan ekan, unda keyingi jangda Xabib bilan to'qnash kelishimga rozi bo'lishlari kerak", - deb yozadi Rafael dos Anos.
Eslatib o'tamiz, avvalroq dos Anos Maxachevning atrofida bo'layotgan bu gap-so'zlardan norozi ekanligini va ushbu "xayp"ni bostirishga kirishganini bildirgandi.
Havola :
Manba : MMAJunkie
Fikrlar