29 may 08:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Doston Bozorov Ramazon Temirov - Asu Almabaev jangiga taxmin bildirdi
O'zbekistonlik MMA jangchisi Doston Bozorov UFC'dagi Markaziy Osiyo derbisi haqida gapirdi.
"Juda ham og'ir jang bo'ladi. CHunki ikkisi ham juda kuchli sportchilar. O'zbekistonning eng mashhur jangchisi Ramazon Temirov bo'lsa, Qozog'istonda esa Asu! Hozir Ramazon juda yaxshi formada.
Eshitishimcha, u Tailandda yig'in o'tkazadi. Menimcha, Ramazon Temirov bu jangda bir bosh ustun bo'ladi. Foizlarga keladigan bo'lsak, 60 ga 40, Temirov g'alabasi. Hozir u pik formada, eng yaxshi davrini o'tkazyapti, desak ham bo'ladi", deydi Bozorov.
Malumot uchun, Ramazon Temirov va Asu Almabaev o'rtasidagi jang 26 iyul kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : ufctv.uz
Fikrlar