09 may 07:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Doston Bozorov UFC'ga o'tadi - manba
O'zbekistonlik MMA menejeri Parviz Abdumavlonov Fightback ko'rsatuvida engil vazn toifasidagi Octagon chempioni Doston Bozorov haqida gapirdi.
— Doston Bozorovning UFC'ga o'tayotgani haqida gap-so'zlar eshitdik...
"To'g'ri, huddi shunday. Bu menimcha, Octagon League'dagi oxirgi jangi bo'ladi. Yutsa, kamarni vakant qoldirib ketish rejasi bor. Octagon'dan UFC'ga o'tgan ilk o'zbek bo'ladi Xudo xohlasa", dedi Abdumavlonov.
Doston Bozorov 11 may kuni Toshkentda Tojikiston vakili Fazliddin Madrahimov bilan jang qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar