14 mar 19:41
Yangiliklar
Karate
Doston Otabolaev ikkinchi bor Premer-liga musobaqasining sovrindoriga aylandi
Turkiyaning Istanbul shahrida karate bo'yicha Premer-liga musobaqasi o'z yakuniga etib bormoqda.
Biroz avval hamyurtimiz Doston Otabolaev -75 kg vazn toifasida final jangini o'tkazdi.
Malum qilganimizdek, karatechimizga hal qiluvchi bellashuvda italiyalik Luiji Busa raqiblik qildi. Keskin va murosasiz kechgan bellashuvda Otabolaev mag'lubiyatga uchradi va musobaqaning kumush medalini qo'lga kiritdi.
Eslatib o'tamiz, turnirning ertalabki dasturida Sadriddin Saymatov -60 kg vazn toifasida bronza medaliga sazovor bo'lgan edi. SHu tariqa terma jamoamiz musobaqani 1 ta kumush va 1 ta bronza medallari bilan yakunladi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar