04 fev 17:53
Yangiliklar
Drikus Dyu Plessi: "CHempionlik jangiga Xamzat CHimaev ko'proq loyiq"
Uning aytishicha, u amerikalik jangchi bilan emas, balki reytingning uchinchi pog'onasida turgan Xamzat CHimaev bilan jangni maqul ko'rgan bo'lardi.
"Men Xamzat CHimaev bilan jang qilmoqchi edim, chunki temirni qizig'ida bosish kerak. U shov-shuvli sportchi va bu biz uchun juda foydali bo'lardi.
Men Xamzatga qarshi jangni afzal ko'rardim. Menimcha, u chempionlik uchun imkoniyatga ko'proq loyiq, hatto u ko'p jang o'tkazmagan bo'lsa ham. Striklendning Kostaga qarshi so'nggi jangiga nazar tashlaydigan bo'lsak, bu hech kimga chempionlik jangini kafolatlamaydigan jang edi.
Bu juda zerikarli jang bo'ldi. Striklendning ustunligi ko'rinib turgandi, lekin tomoshabop jang emasdi. SHundan so'ng Xamzat Robga qarshi jang qildi va nima qilganini ko'rdik – bu kabi chiqish sizni avtomatik ravishda chempionlik jangiga yaqinlashtiradi", - dedi dyu Plessi.
Fikrlar