07 mar 17:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Drikus dyu Plessi nima sababdan UFC 300 kechasida jang qilmasligini tushuntirib berdi
UFC chempioni Drikus dyu Plessi nima sababdan UFC 300 kechasida jang qilmaganini tushuntirib berdi.
“UFC 300 kechasida Adesanyaga qarshi jangimiz ajoyib bo'lardi. UFC menga aniq taklif bilan chiqdi. Biroq bitta narsani to'g'ri tushuninglar, men chempionman. Men to'liq mashg'ulot lagerini o'tkazmay va jarohatim bo'lib turib jang qilishim mumkin. Tavakkal qilishdan maqsad nima? Men chempionman va endi menda tanlash imkoni bor. Men xohlagan vaqtimda keyingi jangimni o'tkazaman. Izzi o'zini hali ham chempion deb hisoblaydi. Biroq u endi chempion emas.
Unga qarshi jangimiz muqarrar. UFC unga qarshi jangimni Afrikada tashkil etib berishi kerak”, — deb fikr bildirdi Drikus dyu Plessi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar