10 fev 13:29
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/322337_220.jpg)
Drikyus dyu Plessi UFC tarixidagi noyob rekordni qayd etdi
Afrikalik chempion kecha Sidney shahrida o'tgan UFC 312 turnirining markaziy jangida o'z kamarini SHon Striklenddan himoya qilgandi.
O'rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni, janubiy afrikalik Drikyus dyu Plessi Liga tarixida vazn toifasidan qati nazar eng yaxshi jangchilar reytingida ketma-ket to'rtta raqibini mag'lub etgan birinchi sportchi bo'ldi.
Drikyus bilan jang paytida Robert Uittaker 15, Israel Adesanya 13-o'rinni egallagan edi. Birinchi jang oldidan Striklend sakkizinchi, revansh jangi oldidan esa 14-o'rinni band etib turgan edi. Dyu Plessining o'zi P4P reytingida ettinchi pog'onada bormoqda.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar