06 avg 18:05
Yangiliklar
Tennis
Dunyoning 72-raketkasi Kitcbyuelda chempion bo'ldi
Avstriyaning Kitcbyuel shahrida o'tkazilgan tennis bo'yicha ATP turniri argentinalik raketka ustasining g'alabasi bilan yakuniga etdi.
Dunyoning 72-raketkasi bo'lib turgan Sebastyan Baes final uchrashuvida ATP reytingining 116-pog'onasidan joy olgan avstriyalik Dominik Timni 6/3, 6/1 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi. Tennischilarning o'zaro ikkinchi uchrashuvida ham Baes g'alabaga erishdi.
Avstriya turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Baesga 250 reyting ochkosi hamda 85,605 evro mukofot puli taqdim etdi. Bu uning joriy mavsumdagi ikkinchi, faoliyatidagi uchinchi tituli bo'ldi. Argentinalik ertaga yangilanadigan reytingda Top-50`ga qaytadi. Finalchi Tim esa Top-90`talikda bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar