01 sen 08:32
Yangiliklar
Tennis

Dunyoning birinchi raketkasi US Open 1/4 finalida
Nyu-York shahrida tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionanti davom etmoqda.
Ayollar o'rtasidagi musobaqada dunyoning birinchi raketkasi Arina Sobolenko 1/4 final ishtirokchisiga aylandi. Belaruslik tennis malikasi 1/8 finalda WTA reytingida 95-pog'onada borayotgan ispaniyalik Kristina Bukshaga qarshi kortga chiqdi.
Etmish to'rt daqiqa davom etgan bahsda Arina ortiqcha qiyinchiliksiz raqibasini mag'lubiyatga uchratdi - 6:1, 6:2. Sobolenko 3, Buksha 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Arina chorak finalda qozog'istonlik Elena Ribakina yoki chexiyalik Market Vondroushovaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar